Landscape MP4 Vertical MP4

Sura As-Saff — Oyat 7 (Oʻzbekcha) — Video

As-Saff • Oyat 14 dan 7 • Oʻzbekcha


وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ وَهُوَ يُدْعَىٰ إِلَى الْإِسْلَامِ ۚ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ 7
Tarjima:
Islomga da'vat qilinib turganida Allohga nisbatan yolg`on to`qigan kimsadan ham zolimroq kishi bormi? Holbuki, Alloh zolimlarni hidoyatga solmas. As-Saff 61:7
Tafsir:
Islom diniga, Allohni bir deb bilish diniga chaqirilib turgan bir paytda Alloh shaniga yolgʻon toʻqib, unga shirk keltiradigan va butlarga ibodat qiladigan kimsadan ham zolimroq odam yoʻq. Alloh shirku masiyatlar ila oʻz joniga jabr qilgan zolimlarga rushdu hidoyat bermas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi As-Saff • Oyat 6 Keyingi As-Saff • Oyat 8