Og`izlari bilan Allohning nurini o`chirmoqchi bo`ladilar. Holbuki, Alloh, kofirlar yoqtirmasa ham, o`z nurini tugal etguvchidir. As-Saff 61:8 ⧉
Tafsir:
Anavi yolgʻonga chiqaruvchilar Allohning nurini ogʻizlari bilan oʻchirmoqchi boʻlib, buzgʻunchi gaplar aytadilar, haqni boʻyab koʻrsatishga urinadilar. Alloh esa ular yoqtirmasalar-da, Oʻz nurini mashriqu magʻribga tarqatib, Oʻz soʻzini oliy qilur.