U g`oyib va ochiqni biluvchi, aziyz va hakiym Zotdir. Tag‘obun 64:18 ⧉
Tafsir:
Alloh gʻaybdagi, inson zotiga nomalum boʻlgan olamdagi narsalarni ham, hozirdagi, inson zotiga malum boʻlgan olamdagi narsalarni ham Bilguvchi Zotdir. Har ikki olamdagi biron narsa U Zotdan yashirin qolmas. U hammadan Gʻolib, Aziz Zotdir. Har bir yaratishini, shariatini va taqdirini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.