Ey Nabiy! Agar ayollarni taloq qiladigan bo`lsangiz, iddalari uchun qiling va iddani hisoblang va Allohga taqvo qiling. Ularni uylaridan chiqarmanglar va o`zlari ham chiqmasinlar, illo, ochiq-oydin fohisha ish qilgan bo`lsalar (chiqarilurlar) va ana shular Allohning chegaralaridir. Kim Allohning chegarasidan chiqsa, haqiqatan, o`ziga o`zi zulm qilibdi. Sen bilmassan, shoyadki, Alloh undan keyin biror ishni paydo qilsa.
At-Talaq 65:1 ⧉