U, osmonlaru yerdagi narsalarni biladir. Sizlar sir tutayotgan narsani ham va e'lon qilayotgan narsani ham biladir. Alloh ko`krakdagi narsalarni ham biluvchidir. At-Taghabun 64:4 ⧉
Tafsir:
Samolardagi narsalarni ham, zamindagi narsalarni ham biladi. Yashirin qilgan ishlaringizni ham, oshkora qilgan ishlaringizni ham biladi. Alloh dillarda yaxshi-yomon sirlarni ham, niyatlarni ham biladi. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas.