Sizlarga oldin kofir bo`lganlarning xabari kelmadimi? Bas, ular o`z ishlarining azobini tatidilar va ularga alamli azoblar bor. At-Taghabun 64:5 ⧉
Tafsir:
Ey mushriklar, sizlarga oʻtmishdagi Nuh qavmi, Od, Samud va boshqa qabilalarning haqni yolgʻonga chiqarib, oqibatda shu dunyoning oʻzidayoq qilmishlarining achchiq alamini totgan kimsalar haqidagi xabar yetib kelmadimi? Ular uchun yana oxiratda alamli azob bordir. Ha, bu xabar sizlarga yetib kelgan. Bas, undan ibrat olib, sizlarning ham boshingizga oʻsha kunlar tushishidan oldin Allohga tavba qilinglar.