Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Taghabun — Oyat 6 (Oʻzbekcha) — Video

At-Taghabun • Oyat 18 dan 6 • Oʻzbekcha


ذَٰلِكَ بِأَنَّهُ كَانَتْ تَأْتِيهِمْ رُسُلُهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ فَقَالُوا أَبَشَرٌ يَهْدُونَنَا فَكَفَرُوا وَتَوَلَّوْا ۚ وَاسْتَغْنَى اللَّهُ ۚ وَاللَّهُ غَنِيٌّ حَمِيدٌ 6
Tarjima:
Buning boisi shuki, ularga Payg`ambarlari oydin dalillar bilan kelardilar, ular bo`lsa, bizni bashar hidoyatga boshlarmi, deb kufrga ketardilar va (haqdan) yuz o`girardilar. Va Alloh behojat bo`ldi. Alloh behojat va maqtalgandir. At-Taghabun 64:6
Tafsir:
Bunga sabab shuki, ularga paygʻambarlari yorqin hujjatlarni, aniq-tiniq dalillarni olib kelardilar. Ular esa: "Bizni toʻgʻri yoʻlga oʻzimizga oʻxshagan inson zoti boshlar ekanmi?", deb kufr keltirdilar va iymon keltirishdan bosh tortdilar. Bu bilan Allohga zarar qilmadilar. Zero, Alloh ularning iymon keltirishlariga, toat-ibodat qilishlariga muhtoj emas. Aloh bironta bandasiga muhtoj boʻlmaydigan Behojat va hamma gaplariyu ishlarida maqtovga loyiq Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Taghabun • Oyat 5 Keyingi At-Taghabun • Oyat 7