Kofirlar hech qayta tirilmasliklarini da'vo qilurlar. Sen: «Undoq emas, Robbim bilan qasamki, albatta qayta tiriltirilasizlar, so`ngra qilgan ishlaringizdan xabardor qilinasizlar. Bu ish Alloh uchun osondir», deb ayt. At-Taghabun 64:7 ⧉
Tafsir:
Kufr keltirgan kimsalar oʻlganlaridan qayta tirilmasliklarini davo qildilar. Ey paygʻambar, oʻsha qayta tirilishni inkor qilayotganlarga ayting: "Aslo! Parvardigorimga qasamki, Qiyomat kuni albatta qayta tirilasizlar. Keyin shu dunyoda qilib oʻtgan ishlaringiz haqida albatta xabardor qilinasizlar. Qayta tiriltirish ishi Alloh oson. Ilk bora yoʻqdan bor qilgan Zot hisob-kitob qilish va jazo yoki mukofot berish uchun yana qayta tiriltirishga ham Qodir.