Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tahrim — Oyat 4 (Oʻzbekcha) — Video

Tahrim • Oyat 12 dan 4 • Oʻzbekcha


إِنْ تَتُوبَا إِلَى اللَّهِ فَقَدْ صَغَتْ قُلُوبُكُمَا ۖ وَإِنْ تَظَاهَرَا عَلَيْهِ فَإِنَّ اللَّهَ هُوَ مَوْلَاهُ وَجِبْرِيلُ وَصَالِحُ الْمُؤْمِنِينَ ۖ وَالْمَلَائِكَةُ بَعْدَ ذَٰلِكَ ظَهِيرٌ 4
Tarjima:
Agar ikkovingiz Allohga tavba qilsangiz, batahqiq, qalblaringiz (haqqa) moyil bo`lur. Agar unga qarshi chiqsangiz, bas, albatta, Alloh uning yordamchisidir va Jabroil ham, solih mo`minlar ham. Undan so`ng farishtalar unga suyanchiqdir. Tahrim 66:4
Tafsir:
Ikkalangizga tavba qilish lozim boʻldi. Chunki qalblaringiz Paygʻambar alayhissalom yoqtirmaydigan ishni yoqtirib qoldi. Yani, joriyadan oʻzini tortib, uni oʻziga harom qilib olishini istab qoldinglar. Paygʻambarga qarshi til biriktirishda davom etaversangizlar, bas, Alloh uning Madadkoridir. Jabroil ham, solih moʻminlar ham. Bundan tashqari farishtalar ham u zotning yordamchilari boʻlib, u kishiga ozor beruvchilarga qarshi turadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tahrim • Oyat 3 Keyingi Tahrim • Oyat 5