U sizlarni taloq qilsa, shoyadki, Robbi sizdan yaxshiroq, muslima, mo`mina, itoatli, tavbachi, ibodatli, ro`zador juvon va qizlarni o`rningizga xotin qilib bersa. At-Tahrim 66:5 ⧉
Tafsir:
Agar sizlarni taloq qilsa, ehtimol Parvardigori Oʻz Paygʻambariga sizlarning oʻrningizga sizlardan koʻra yaxshiroq Allohga va paygʻambarga iymon keltiradigan, Allohga itoat etadigan, gunohlariga tavba qiladigan, Parvardigoriga ibodat qiladigan, roʻzalar tutadigan juvon va qizlarni berar.