Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 131 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 131 • Oʻzbekcha


فَإِذَا جَاءَتْهُمُ الْحَسَنَةُ قَالُوا لَنَا هَٰذِهِ ۖ وَإِنْ تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَطَّيَّرُوا بِمُوسَىٰ وَمَنْ مَعَهُ ۗ أَلَا إِنَّمَا طَائِرُهُمْ عِنْدَ اللَّهِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ 131
Tarjima:
Ular o`zlariga yaxshilik yetganda: «Bunga biz haqdormiz», – dedilar. Agar ularga yomonlik yetsa, Muso va u bilan birga bo`lganlardan shumlandilar. Ogoh bo`lsinlarkim, ularning shumliklari Allohning huzuridan boshqa joyda emas. Lekin ko`plari bilmaslar. A'rof 7:131
Tafsir:
Firavn ahlida pishiqchilik, moʻl-koʻlchilik, arzonchilik boʻlsa: "Biz oʻzi shunga loyiqmiz", dedilar. Qurgʻoqchilik, qahatchilik va turli kasalliklar keng avj olsa, uni Muso va Bani Isroildan koʻrishdi. Aslida esa bu ishlarning hammasi Alloh subhonahuning taqidiri bilan boʻlgan. Ularda na ularning va na Musoning biron ulushi bor. Musoning ularga duoyi bad qilgani bor, xolos. Lekin ularning koʻplari buni bilmaydilar-da, Allohni qoʻyib, boshqalardan koʻraveradilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 130 Keyingi A'rof • Oyat 132