Ular: «Har qancha oyat keltirib bizni sehrlamoqchi bo`lsang ham, biz senga iymon keltirguvchi emasmiz», – dedilar. A'rof 7:132 ⧉
Tafsir:
Firavn qavmi Muso alayhissalomga qaysarlik qilib: "Bizga har qanday oyat-alomat keltirsang ham, qilayotgan ishlarimizning notoʻgʻri ekaniga har qancha dalil, hujjat olib kelsang ham, baribir senga iymon keltirmaymiz", dedilar.