Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-A'raf — Oyat 133 (Oʻzbekcha) — Video

Al-A'raf • Oyat 206 dan 133 • Oʻzbekcha


فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ الطُّوفَانَ وَالْجَرَادَ وَالْقُمَّلَ وَالضَّفَادِعَ وَالدَّمَ آيَاتٍ مُفَصَّلَاتٍ فَاسْتَكْبَرُوا وَكَانُوا قَوْمًا مُجْرِمِينَ 133
Tarjima:
Bas, ularning ustidan to`fon, chigirtka, mita, baqa va qonlarni ochiq-oydin va mufassal belgilar qilib yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va jinoyatchi qavm bo`ldilar. Al-A'raf 7:133
Tafsir:
Shunda Biz ularni haqni tan olmay, sarkashlik bilan yolgʻonga chiqarganlari uchun jazolab, toʻfon yubordik, ularning ekinlarini ham, mevalarini ham oqizib ketdi. Chigirtkalarni yubordik, ularning hosillarini yeb-bitirdi. Bitlarni yubordik. Ekinlarini ham, sochlarini ham bit bosdi. Baqalarni yubordik. Idishlariga toʻlib olib, taomlarini aynitdi, yotoqlariga kirib, uyqularini qochirdi. Qonni yubordik. Quduq suvlari ham, ahorlari ham qonga toʻldi. Shularning hammasini boʻlib-boʻlib, birin-ketin yubordik. Shuncha uqubatlardan keyin ham yana Allohga iymon keltirishdan va Muso alayhissalom olib kelgan risolatni haq ekanini tan olishdan bosh tortdilar, oʻzlarini katta oldilar. Ular botildan bosh koʻtara olmaydigan, haq sari yuz bura olmaydigan osiy qavm edi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-A'raf • Oyat 132 Keyingi Al-A'raf • Oyat 134