Qachonki ustilariga azob tushsa: «Ey Muso, senga bergan ahd hurmati, Robbingga duo qil, agar bizdan azobni ko`tarsang, albatta, senga iymon keltirurmiz va Bani Isroilni sen bilan qo`yib yuborurmiz», – der edilar. Al-A'raf 7:134 ⧉
Tafsir:
Mana shu azob-uqubatlarga duch kelishgach, Muso alayhissalomga: "Ey Muso, Paygʻambarliging haqqi-hurmati va Parvardigoringning tavba bilan baloni daf qilish haqidagi vadasi haqqi-hurmati bizdan shu azoblarni koʻtarishini soʻrab Allohga duo qilsang va bizni bu balolardan xalos etsang, senga iymon keltiramiz va sen bilan Bani Isroilni qoʻyib yuboramiz", dedilar.