Axir, anavilar ichida turgan narsa halokatdir va qilayotgan ishlari botildir», – dedi. A'rof 7:139 ⧉
Tafsir:
Oʻsha but-sanamlarga ibodat qilayotganlarning oqibati halokatdir, qilgan amallari esa oʻrin oʻtmas, behudadir. Chunki ular bandalik qilishda Allohga shirk keltirdilar.