Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 138 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 138 • Oʻzbekcha


وَجَاوَزْنَا بِبَنِي إِسْرَائِيلَ الْبَحْرَ فَأَتَوْا عَلَىٰ قَوْمٍ يَعْكُفُونَ عَلَىٰ أَصْنَامٍ لَهُمْ ۚ قَالُوا يَا مُوسَى اجْعَلْ لَنَا إِلَٰهًا كَمَا لَهُمْ آلِهَةٌ ۚ قَالَ إِنَّكُمْ قَوْمٌ تَجْهَلُونَ 138
Tarjima:
Va Bani Isroilni dengizdan olib o`tdik. Bas, ular o`z sanamlariga berilib sig`inayotgan qavm ustiga keldilar. Ular:» Ey Muso, bizga ham xuddi ularning xudolariga o`xshash xudo qilib ber», – dedilar. U: «Albatta, siz johil qavm bo`layotibsiz. A'rof 7:138
Tafsir:
Muso asoni dengizga tashlagan edi, u ikki ajraldi va Biz Bani Isroilni undan olib oʻtdik. Keyin ular Allohni qoʻyib, but-sanamlarga ibodat qiladigan bir qavm yonidan oʻtib qoldilar. Shunda Bani Isroil Musoga: "Ey Muso, bizga ham bir but-sanam yasab ber, biz ham anavilar kabi unga ibodat qilaylik", dedilar. Muso dedi: "Ey qavmim, sizlar Allohni yagona bilib, U Zotni ulugʻlashni ham, U Zotning shaniga loyiq boʻlmagan shirk va boshqaga ibodat qilish kabi gunohlarni ham bilmaydigan nodon qavm ekansiz".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 137 Keyingi A'rof • Oyat 139