Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-A'raf — Oyat 157 (Oʻzbekcha) — Video

Al-A'raf • Oyat 206 dan 157 • Oʻzbekcha


الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الرَّسُولَ النَّبِيَّ الْأُمِّيَّ الَّذِي يَجِدُونَهُ مَكْتُوبًا عِنْدَهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَالْإِنْجِيلِ يَأْمُرُهُمْ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَاهُمْ عَنِ الْمُنْكَرِ وَيُحِلُّ لَهُمُ الطَّيِّبَاتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ الْخَبَائِثَ وَيَضَعُ عَنْهُمْ إِصْرَهُمْ وَالْأَغْلَالَ الَّتِي كَانَتْ عَلَيْهِمْ ۚ فَالَّذِينَ آمَنُوا بِهِ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَاتَّبَعُوا النُّورَ الَّذِي أُنْزِلَ مَعَهُ ۙ أُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ 157
Tarjima:
Ular o`z huzurlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holida topiladigan, ularni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan, ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan, ustilaridagi yukni yengillatib, kishanlarni yechadigan ummiy Nabiy, Payg`ambarga ergashurlar. Bas, unga iymon keltirib, yordam berib va uni qo`llab-quvvatlagan hamda unga nozil bo`lgan nurga ergashganlar — ana o`shalar najot topguvchilardir», – dedi. Al-A'raf 7:157
Tafsir:
Ular shunday zotlarki, oʻqishni ham, yozishni ham bilmaydigan omi, Parvardigori tarafidan kelgan vahiyni gapiradigan Muhammad alayhissalomga ergashadilar. U kishining nomi va sifatlari Muso alayhissalomga nozil qilingan Tavrotda ham, Iyso alayhissalomga nozil qilingan Injilda ham yozilganini koʻrganlar. U zot ezgulik va oʻnglanish sari yetaklaydigan ishlarga buyuradi. Sogʻlom aql va pokiza tabiat qabul qilmaydigan manfur ishlardan qaytaradi. Tansiq taom va ayollarni nikohlab olish kabi turli xil zararsiz noz-nematlarga ruxsat bersa, kir, iflos narsalarni man qiladi. Qasddan yoki bilmasdan qilganiga qaramasdan, qotilni oʻldirish kabi oldin ularning zimmalarida boʻlgan ogʻir vazifalarni olib tashlaydi. Bani Isroildan boʻladimi, boshqa boʻladimi, u kishiga iymon keltirib, uni ulugʻlab, ezozlab, kofir dushmanlariga qarshi qoʻllab-quvvatlab, nur va hidoyat boʻlib nozil qilingan Quronga ergashganlar murodu maqsadiga yetadigan, xavfu xatarga duch kelmaydigan chin najot topguvchilardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-A'raf • Oyat 156 Keyingi Al-A'raf • Oyat 158