Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 158 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 158 • Oʻzbekcha


قُلْ يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنِّي رَسُولُ اللَّهِ إِلَيْكُمْ جَمِيعًا الَّذِي لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ يُحْيِي وَيُمِيتُ ۖ فَآمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ النَّبِيِّ الْأُمِّيِّ الَّذِي يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَكَلِمَاتِهِ وَاتَّبِعُوهُ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ 158
Tarjima:
Sen: «Ey odamlar, albatta, men sizlarning barchangizga, osmonlaru yerning mulki Uniki bo`lgan, Undan o`zga iloh yo`q bo`lgan va tiriltirib o`ldiradigan Allohning Payg`ambaridirman. Bas, Allohga hamda Uning Alloh va Uning kalimalariga iymon keltiradigan ummiy Nabiysiga iymon keltiring. Va unga ergashing, shoyadki, hidoyat topsangiz», – deb ayt. A'rof 7:158
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ayting: "Ey odamlar, men sizlarning hammangizga, arabingizga ham, ajamingizga ham yuborilgan Allohning paygʻambariman. Alloh yolgʻizdir. Osmonlaru yer Uning mulkidir. Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Oʻliklarni tiriltiradigan ham, tiriklarni oʻldiradigan ham Uning Oʻzidir. Shunday ekan, ey odamlar, Allohga iymon keltiringlar. Oʻqish va yozishni bilmaydigan, Parvardigori vahiy qilgan xabarni olib keladigan, oʻziga nozil qilingan shariatga ham, oʻzidan oldingi paygʻambarlarga nozil qilingan shariatlarga ham birdek iymon keltiradigan Muhammad alayhissalomga ishoninglar. U zot Parvardigori tarafidan olib kelgan shariatga ergashinglar. Shoyad, shunda dunyo va oxiratdagi baxtga eltuvchi yoʻlni topib olsangizlar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 157 Keyingi A'rof • Oyat 159