Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-A'raf — Oyat 160 (Oʻzbekcha) — Video

Al-A'raf • Oyat 206 dan 160 • Oʻzbekcha


وَقَطَّعْنَاهُمُ اثْنَتَيْ عَشْرَةَ أَسْبَاطًا أُمَمًا ۚ وَأَوْحَيْنَا إِلَىٰ مُوسَىٰ إِذِ اسْتَسْقَاهُ قَوْمُهُ أَنِ اضْرِبْ بِعَصَاكَ الْحَجَرَ ۖ فَانْبَجَسَتْ مِنْهُ اثْنَتَا عَشْرَةَ عَيْنًا ۖ قَدْ عَلِمَ كُلُّ أُنَاسٍ مَشْرَبَهُمْ ۚ وَظَلَّلْنَا عَلَيْهِمُ الْغَمَامَ وَأَنْزَلْنَا عَلَيْهِمُ الْمَنَّ وَالسَّلْوَىٰ ۖ كُلُوا مِنْ طَيِّبَاتِ مَا رَزَقْنَاكُمْ ۚ وَمَا ظَلَمُونَا وَلَٰكِنْ كَانُوا أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ 160
Tarjima:
Ularni o`n ikki urug` — jamoaga bo`lib yubordik. Va qavmi undan suv talab qilgan paytda Musoga: «Asoing ila toshni ur!» deb vahiy yubordik. U(tosh)dan o`n ikkita buloq otilib chiqdi. Hamma odamlar o`z suvxonasini bildi. Va ularga bulutni soyabon qildik, mann va bedanalarni nozil qildik. «Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar» (dedik). Ular Bizga zulm qilmadilar. Lekin o`zlariga zulm qilar edilar. Al-A'raf 7:160
Tafsir:
Bani Isroilni oʻn ikki qabilaga ajratdik. Musoga qavmi undan Allohdan suv soʻrab berishini soʻraganlarida: "Ey Muso, asoingni toshga ur", dedik va Muso urgan edi, undan oʻn ikki buloq otilib chiqdi. Har bir qabilaga bittadan buloq boʻlib, hammasi oʻzi ichadigan joyini, bulogʻini bildi. Biri ichadigan joyga boshqasi kelmadi. Ularga bulutni soyabon qildik. Yursalar, bulut ham yurdi, toʻxtasalar, toʻxtadi. Ularga shirinliklar va bedana kabi qushlarni yogʻdirib: "Biz sizlarga rizq qilib bergan pokiza nematlardan tanovul qilinglar", dedik. Ularning kufri, zulmi va haqni tan olmasligi Bizga hech qanday zarar qilgani yoʻq. Lekin ular Allohning nematlariga nonkoʻrlik qilib, buyruqlariga itoat etmay, oʻzlariga oʻzlari jabr qildilar, oʻzlarini oʻzlari halokat chohiga otdilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-A'raf • Oyat 159 Keyingi Al-A'raf • Oyat 161