Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 161 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 161 • Oʻzbekcha


وَإِذْ قِيلَ لَهُمُ اسْكُنُوا هَٰذِهِ الْقَرْيَةَ وَكُلُوا مِنْهَا حَيْثُ شِئْتُمْ وَقُولُوا حِطَّةٌ وَادْخُلُوا الْبَابَ سُجَّدًا نَغْفِرْ لَكُمْ خَطِيئَاتِكُمْ ۚ سَنَزِيدُ الْمُحْسِنِينَ 161
Tarjima:
Ularga: «Mana bu shaharni maskan tutinglar, unda xohlagan joyingizda taom yeng va «Hittatun» (gunohlarimizni kechir) deb eshikdan sajda qilgan holingizda kirsangiz, sizning xatolaringizni mag`firat qilamiz, ehson qiluvchilarga ziyoda qilamiz», deganimizni esla. A'rof 7:161
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang! Alloh Bani Isroilga dedi: "Baytul-Maqdisga kiringiz. U yerdagi mevalardan istagan joyingizda va xohlagan paytingizda tanovul qilingiz. Parvardigoro, gunohlarimizni kechir, deya eshikdan Parvardigoringizga egilib, sajda qilib kirib boringiz. Shunday qilsangiz, gunohlaringizni kechirurmiz va muhsinlarga har ikki dunyo nematlarini ziyoda qilurmiz.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 160 Keyingi A'rof • Oyat 162