Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-A'raf — Oyat 163 (Oʻzbekcha) — Video

Al-A'raf • Oyat 206 dan 163 • Oʻzbekcha


وَاسْأَلْهُمْ عَنِ الْقَرْيَةِ الَّتِي كَانَتْ حَاضِرَةَ الْبَحْرِ إِذْ يَعْدُونَ فِي السَّبْتِ إِذْ تَأْتِيهِمْ حِيتَانُهُمْ يَوْمَ سَبْتِهِمْ شُرَّعًا وَيَوْمَ لَا يَسْبِتُونَ ۙ لَا تَأْتِيهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ نَبْلُوهُمْ بِمَا كَانُوا يَفْسُقُونَ 163
Tarjima:
Ulardan dengiz sohilida bo`lgan qishloq haqida, shanba kunida haddan oshganlari, shanbalik kunlarida baliqlari ochiq kelib, shanbalik qilmagan kunlari kelmagani haqida so`ra. Qilgan fosiqliklari tufayli ularni shunday sinaymiz. Al-A'raf 7:163
Tafsir:
Ey Paygʻambar, yahudiylardan dengizga yaqin joydagi qishloq haqida, shanba kuni ov qilish taqiqlanganiga qaramasdan, hadlaridan oshib, ov qilganlari haqida soʻrang. Oʻshanda Alloh ularni sinash uchun atayin shanba kuni baliqlar dengiz yuziga keladigan, boshqa kunlari esa kelmaydigan qilib qoʻygandi. Allohga itoatsizlik etib, gunohlar qilganlari tufayli Alloh ularni mana shunday sinagan edi. Ular esa hiyla-nayrang ishlatdilar. Shanba kuni chuqurchalar qazib, toʻr tashlab qoʻydilar. Yakshanba kuni esa unga ilingan baliqlarni olib yedilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-A'raf • Oyat 162 Keyingi Al-A'raf • Oyat 164