Ulardan bir jamoat: «Alloh halok qiluvchi yoki shiddatli azob-la azoblovchi qavmga va'z qilib nima qilasiz?!» deganida, ular: «Robbingizga uzr bo`lishi uchun va shoyadki, taqvo qilsalar deb», – dedilar. A'rof 7:164 ⧉
Tafsir:
Eslang, ey Paygʻambar. Ulardan bir jamoa ularni bu gunoh ishdan qaytarar va undan ogohlantirardi. Boshqa bir jamoa esa ularga shunday dedi: "Alloh qilgan gunohlari tufayli bu dunyoda halok etadigan, oxiratda esa qattiq azobga tutadigan odamlarga nechun nasihat qilasizlar?" Nasihat qilguvchilar javob berdlar: "Alloh bizga yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarishni buyurdi, shu ishimiz bilan Allohga uzrimizni aytamiz hamda ularga nasihatimiz kor qilib, gunohlaridan tiyilib qolarmikan, degan umidda shunday qilamiz".