Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hidoyat qiluvchi yo`qdir. Ularni tek qo`yib qo`yadi, tug`yonlarida adashib-uloqib yuraveradilar. A'rof 7:186 ⧉
Tafsir:
Alloh kimga tavfiq bermasa va uni toʻgʻri yoʻldan adashtirib qoʻysa, uni yoʻlga soladigan biron yoʻlboshlovchi boʻlmas. Alloh ularni kufru zalolatlarida adashib-uloqib yurishlariga qoʻyib beradi.