Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 187 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 187 • Oʻzbekcha


يَسْأَلُونَكَ عَنِ السَّاعَةِ أَيَّانَ مُرْسَاهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِنْدَ رَبِّي ۖ لَا يُجَلِّيهَا لِوَقْتِهَا إِلَّا هُوَ ۚ ثَقُلَتْ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ لَا تَأْتِيكُمْ إِلَّا بَغْتَةً ۗ يَسْأَلُونَكَ كَأَنَّكَ حَفِيٌّ عَنْهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِنْدَ اللَّهِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ 187
Tarjima:
Sendan soat (qiyomat) qachon sobit bo`lishi haqida so`rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Robbim huzuridadir. Uni faqat O`zigina zohir qiladir. U osmonlaru yerda og`ir ish bo`ladi. Sizlarga faqat to`satdan keladir», – deb ayt. Xuddi sen uni bilishing kerakdek, sendan so`rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir. Lekin ko`p odamlar bilmaslar», – deb ayt. A'rof 7:187
Tafsir:
Sizdan anavi sarkash haqni tan olmaydiganlar Qiyomat qachon boʻlishi haqida soʻraydilar. Ey Muhammad, ayting: "Men bilmayman. Hech kim bilmaydi. Uni faqat Alloh biladi. Oʻz vaqti-soati kelganda oshkor qiladi. Uning qachon boʻlishi samo ahliga ham, zamin ahliga ham noayondir. U toʻsatdan, kutilmaganda keladi. Ular sizdan xuddi siz uni bilishga ishtiyoqmanddek soʻraydilar. Bilmaydilarki, siz Parvardigoringizni yaxshi taniganingiz bois U Zotdan bu haqda soʻramaysiz. Ey Muhammad, ularga ayting: "Qiyomat qachon boʻlishi haqidagi ilm yolgʻiz Allohning dargohidadir. Lekin juda koʻp odamlar buni bilmaydilar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 186 Keyingi A'rof • Oyat 188