Agar ularni hidoyatga da'vat qilsangiz, sizga ergashmaslar. Ularni da'vat qilasizmi yoki jim turuvchi bo`lasizmi, siz uchun bari bir. Al-A'raf 7:193 ⧉
Tafsir:
Ey mushriklar, sizlar xudo qilib olgan bu but va sanamlar qilgan duolaringizga javob bermaydilar. Shunday boʻlgach, duo qilishingiz bilan jim turishingiz barobardir. Chunki ular jonsiz narsalardir. Ular eshitmaydilar, gapirmaydilar, fikr qilmaydilar.