Albatta, siz Allohdan o`zga ibodat qilayotganlar o`zingizga o`xshash bandalardir. Agar rostgo`y bo`lsangiz, ularni chaqirib ko`ring, bas, sizga javob bersinlar-chi! A'rof 7:194 ⧉
Tafsir:
Ey mushriklar, sizlar Allohni qoʻyib, but-sanamlarga sigʻinyapsizlar. Sizlar ibodat qilayotgan oʻsha soxta mabudlar Alloh yaratgan maxluqlardir. Maxluqlikda sizlar bilan barobardir. Sizlarning ahvolingiz ularnikidan afzalroqdir. Chunki sizlar tiriksizlar, gapirasizlar, yurasizlar, eshitasizlar, koʻrasizlar. But-sanamlar esa bu ishlarning birontasini ham bajara olmaydilar. Agar rostgoʻy boʻlsangiz, ularni chaqirib koʻring-chi, javob berarmikanlar!