Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 195 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 195 • Oʻzbekcha


أَلَهُمْ أَرْجُلٌ يَمْشُونَ بِهَا ۖ أَمْ لَهُمْ أَيْدٍ يَبْطِشُونَ بِهَا ۖ أَمْ لَهُمْ أَعْيُنٌ يُبْصِرُونَ بِهَا ۖ أَمْ لَهُمْ آذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا ۗ قُلِ ادْعُوا شُرَكَاءَكُمْ ثُمَّ كِيدُونِ فَلَا تُنْظِرُونِ 195
Tarjima:
Yoki ularning oyoqlari bormiki, yursalar; yoki qo`llari bormiki, ushlasalar; yoki ko`zlari bormiki, ko`rsalar; yoki quloqlari bormiki, eshitsalar. Sen: «Sheriklaringizni chaqiring-da, menga hech muhlat bermay, ziddimga hiyla-nayrang qilavering! A'rof 7:195
Tafsir:
Sizlar xudo qilib olgan but-sanamlarning oyoqlari bormiki, ehtiyojlaringizni qondirish yoʻlida yursalar yo qoʻllari bormiki, sizlarni himoya qila olsalar yoki koʻzlari bormiki, sizlarga koʻrinmas narsalarni koʻrib, xabarini berib tursalar yoxud quloqlari bormiki, sizlardan yashirin gaplarni eshitib, sizlarni ogohlantirib tursalar?! Modomiki, ular sifatlardan mosuvo ekan, qanday qilib ularga ibodat qilasizlar? Qanday qilib ulardan foyda keltirishi yoki zararni daf etishini soʻraysizlar? Ey Paygʻambar, oʻsha mushriklarga ayting: "Oʻsha Allohga sherik qilayotgan butlaringizga duo qilaveringlar, keyin esa menga qarshi hiyla-nayranglaringizni qoʻllayveringlar, menga muhlat ham berib oʻtirmanglar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 194 Keyingi A'rof • Oyat 196