Albatta, mening valiyim — egam Kitobni nozil qilgan Allohdir. U solihlarni do`st tutadir. Al-A'raf 7:196 ⧉
Tafsir:
Menga yordam beradigan, meni qoʻllab-quvvatlaydigan va asraydigan Zot Allohdir. Undan boshqasidan umid qilmayman. But-sanamlaringizdan zarracha qoʻrqmayman. U Zot menga Quronni odamlarga hidoyat qilib tushirgan. Solih bandalarini Oʻzi boshqaradi. Ularni qoʻllaydi va Oʻz panohida asraydi.