Ey, Odam bolalari, batahqiq, sizlarga avratingizni to`sadigan libos va ziynat libosini nozil qildik. Taqvo libosi, ana o`sha yaxshidir. Ana o`shalar Allohning oyat-belgilaridandir. Shoyadki, eslasalar. Al-A'raf 7:26 ⧉
Tafsir:
"Ey Odam bolalari, avratlaringizni yopib yurishingiz uchun sizlarga zaruriy libosni ham, odamlar orasida goʻzal boʻlishingiz uchun kamolot libosini ham nozil qildik. Allohning buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilishda oʻz ifodasini topgan taqvo libosi hissiy libosdan yaxshiroq. Libos haqidagi bu gaplar Allohning qudratiga dalolat qiladigan oyat-alomatlar jumlasidandir. Shoyad, U Zotning nematlarini eslab, shukr qilsangizlar.