Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 27 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 27 • Oʻzbekcha


يَا بَنِي آدَمَ لَا يَفْتِنَنَّكُمُ الشَّيْطَانُ كَمَا أَخْرَجَ أَبَوَيْكُمْ مِنَ الْجَنَّةِ يَنْزِعُ عَنْهُمَا لِبَاسَهُمَا لِيُرِيَهُمَا سَوْآتِهِمَا ۗ إِنَّهُ يَرَاكُمْ هُوَ وَقَبِيلُهُ مِنْ حَيْثُ لَا تَرَوْنَهُمْ ۗ إِنَّا جَعَلْنَا الشَّيَاطِينَ أَوْلِيَاءَ لِلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ 27
Tarjima:
Ey, Odam bolalari, shayton ota-onangizni o`zlariga avratlarini ko`rsatish uchun ustlaridan liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizni ham fitnaga solmasin. Albatta, u va uning yordamchilari sizni siz ko`rmaydigan tomondan ko`radir. Biz, albatta, shaytonlarni iymon keltirmaydiganlarga do`st qilganmiz. A'rof 7:27
Tafsir:
"Ey Odam bolalari, avratni toʻsadigan hissiy libosni yoki taqvo libosini tark qilishni chiroyli qilib koʻrsatayotgan shaytonning vasvasasiga uchmanglar. U ota-onangizga man qilingan daraxtdan tanovul qilishni chiroyli qilib koʻrsatib, ularni yoʻldan ozdirgandi. Natijada ular jannatdan quvilgandilar va avratlari ochilib qolgandi. Shayton va uning zurriyoti sizlarni koʻrib turadilar. Sizlar esa ularni koʻrmaysizlar. Undan va uning zurriyotidan ehtiyot boʻlishingiz lozim. Biz shaytonlarni Allohga iymon keltirmaydiganlarga doʻst qildik. Ammo ular solih amallarni qiladigan moʻminlarga qarshi yoʻl topa olmaslar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 26 Keyingi A'rof • Oyat 28