Ular qachon fohisha ish qilsalar: «Ota-bobolarimiz ushbuni qilayotganini ko`rdik. Buni bizga Alloh buyurgan», – derlar. «Alloh, albatta, fahsh ishlarga buyurmas. Alloh sha'niga bilmaydigan narsangizni aytasizmi?!» – degin. Al-A'raf 7:28 ⧉
Tafsir:
Mushriklar shirk keltirish va Baytullohni yalangʻoch tavof qilish kabi oʻta ogʻir gunohlarni qiladilar-da, ortidan, ota-bobolarimiz shunday qilardilar, ularga Alloh shunday qilishni buyurgan ekan, deya vaj-karsonlar koʻrsatidilar. Ey Muhammad, ularga raddiya bildirib, shunday deb ayting: "Alloh gunohlarga buyurmaydi. Gunohlardan qaytaradi. Bunday davoni qilishga qanday haddingiz sigʻdi? Ey mushriklar, Alloh shaniga bilib-bilmasdan yolgʻon tuhmatlarni gapirasizlarmi?"