Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni halok qildik. Bas, azobimiz ularga tun uyqusida yoki kun uyqusida keldi. A'rof 7:4 ⧉
Tafsir:
Qancha-qancha oʻlkalarni kufru zalolatiga mahkam yopishib olganlari sababli Oʻz azobimiz bilan halok qildik. Kecha boʻlsin, kunduz boʻlsin, Bizning qattiq azobimiz ular gʻaflatdalik paytlarida nozil boʻldi. Azobni oʻzlaridan daf qila olmay qoldilar. Oʻsha ishongan xudolari ham ularga asqotmadi.