Sizlarga Robbingizdan nozil qilingan narsaga ergashinglar! Undan boshqa valiy — do`stlarga ergashmanglar. Juda oz eslaysizlar. Al-A'raf 7:3 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, Parvardigoringiz sizga nozil qilgan Kitobga va Paygʻambaringizning sunnatiga ergashingiz. Oʻzingizga doʻst deb koʻrayotganingiz shaytonlarga va yomon rahnamolarga ergashmangiz. Oʻzingizga nozil qilingan haqni qoʻyib, oʻshalarni doʻst tutasizlar. Ularning vasvasalariga aldanasizlar. Sizlar haqni juda kam eslaysizlar. Yetarlicha eslaganingizda hech narsani haqdan ustun qoʻymagan va Paygʻambaringiz olib kelgan vahiyga ergashgan, unga amal qilgan, undan boshqasini esa tark qilgan boʻlar edingiz.