Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 46 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 46 • Oʻzbekcha


وَبَيْنَهُمَا حِجَابٌ ۚ وَعَلَى الْأَعْرَافِ رِجَالٌ يَعْرِفُونَ كُلًّا بِسِيمَاهُمْ ۚ وَنَادَوْا أَصْحَابَ الْجَنَّةِ أَنْ سَلَامٌ عَلَيْكُمْ ۚ لَمْ يَدْخُلُوهَا وَهُمْ يَطْمَعُونَ 46
Tarjima:
Oralarida to`siq bor, u devorlar ustidagi kishilar hammalarini siymolaridan tanirlar. Tama' qilgan hollarida kirmay turgan jannat egalariga: «Sizga salom bo`lsin», – deb nido qilurlar. A'rof 7:46
Tafsir:
Bu, ikki guruh - jannatiylar va doʻzaxiylar orasida bir baland toʻsiq boʻlib, uning nomi arofdir. Yaxshi amallari bilan yomon amallari teng kelib qolgan odamlar shu toʻsiq ustida turadilar. Ular jannatiylarni oq yuzli boʻlishi kabi belgilaridan, doʻzaxiylarni ham qora yuzli boʻlishi kabi belgilaridan taniydilar va jannatiylarga ehtirom koʻrsatib: "Sizlarga tinchlik-salomatlik boʻlsin", deydilar. Bu paytda arofdagilar hali jannatga kirmagan boʻladilar. Ular Allohning rahmati ila jannatga kirishdan umidvor boʻlib turadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 45 Keyingi A'rof • Oyat 47