Qachonki ko`zlari do`zax egalari tomon burilib qolsa: «Ey Robbimiz, bizni zolim qavmlar bilan birga qilmagin», derlar. A'rof 7:47 ⧉
Tafsir:
Arofdagilarning koʻzlari doʻzaxiylarga tushib, ularning azob chekayotganini koʻrsalar, Allohga duo qilib: "Parvardigoro, bizni kufr va shirk keltirgan zolim qavm safida qilib qoʻymagin", deydilar.