Uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlar: «Albatta, biz seni esi pastlikda ko`rib turibmiz va albatta biz seni yolg`onchilardan deb bilamiz», – dedilar. A'rof 7:66 ⧉
Tafsir:
Qavmining Allohga kufr keltirgan va paygʻambarini yolgʻonchiga chiqargan kattalari va ulugʻlari dedilar: "Ey Hud, sening yolgʻiz Allohgagina ibodat qilish va but-sanamlarga ibodat qilmaslikka davat qilish bilan kalatafahmlik va yengiltaklik qilayotganingni juda yaxshi bilamiz. Sening paygʻambarman, degan davoying yolgʻon ekaniga ham shak-shubha qilmaymiz".