Va Odga o`z birodari Hudni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q. Taqvo qilmaysizlarmi?!» – dedi. A'rof 7:65 ⧉
Tafsir:
Od qabilasiga oʻzlaridan boʻlgan bir paygʻambarni yubordik. U Hud alayhissalomdir. U dedi: "Ey qavmim, yolgʻiz Allohgagina ibodat qilinglar. Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Undan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilib, azobidan qutulib qolmaysizlarmi?"