Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-A'raf — Oyat 95 (Oʻzbekcha) — Video

Al-A'raf • Oyat 206 dan 95 • Oʻzbekcha


ثُمَّ بَدَّلْنَا مَكَانَ السَّيِّئَةِ الْحَسَنَةَ حَتَّىٰ عَفَوْا وَقَالُوا قَدْ مَسَّ آبَاءَنَا الضَّرَّاءُ وَالسَّرَّاءُ فَأَخَذْنَاهُمْ بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ 95
Tarjima:
So`ngra yomonlikni yaxshilikka almashtirganmiz. Toki, ko`payishib va «Ota-bobolarimizga ham qiyinchilik va xursandchilik yetgan edi», deganlarida, ularni o`zlariga sezdirmay, to`satdan tutganmiz. Al-A'raf 7:95
Tafsir:
Keyin esa baxtsizlik, kasallik kabi ofatlarni bartaraf etib, ularga yaxshilik, farovonlik, tinchlik-omonlikni inom etdik. Shu bilan odam sonlari ham, mol-davlatlari ham koʻpaygandan-koʻpayib boraverdi. Badanlariga jir bitganidan keyin yana oʻzlaridan ketib: "Hali yaxshilik, hali yomonlik boʻlib turishi odatiy hol, ota-bobolarimizda ham shunday boʻlgan", dedilar. Ular musibatning ibrat uchun, nematning esa istidroj uchun berilishini anglab yetolmadilar. Shundan soʻng Biz ularni toʻsatdan, kutmagan joylarida azob bilan tutdik.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-A'raf • Oyat 94 Keyingi Al-A'raf • Oyat 96