Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 96 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 96 • Oʻzbekcha


وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْقُرَىٰ آمَنُوا وَاتَّقَوْا لَفَتَحْنَا عَلَيْهِمْ بَرَكَاتٍ مِنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ وَلَٰكِنْ كَذَّبُوا فَأَخَذْنَاهُمْ بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ 96
Tarjima:
Agar qishloqlar ahllari iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, Biz, albatta, ularga osmonu yerdan barakotlarni ochib qo`yar edik. Lekin ular yolg`onga chiqardilar, bas, ularni qilgan kasblari tufayli tutdik. A'rof 7:96
Tafsir:
Biz elchilarimizni yuborgan yurtlardagi odamlar ular olib kelgan risolatni rost bilib, Parvardigoridan kufru masiyatni tark etish va buyruqlarini bajarish bilan taqvo qilganlarida edi, ularga yaxshilik eshiklarini har tarafdan ochib qoʻygan boʻlar edik. Lekin ular risolatni rost bilmadilar va taqvo qilmadilar. Aksincha, paygʻambarlari olib kelgan xabarni yolgʻonga chiqardilar. Bas, ularni shu qilgan gunohlari tufayli toʻsatdan azob bilan tutdik.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 95 Keyingi A'rof • Oyat 97