Allohning makridan xotirjam bo`ldilarmi?! Allohning makridan faqat ziyon ko`ruvchi qavmlargina xotirjam bo`lurlar. A'rof 7:99 ⧉
Tafsir:
Istidroj uchun, yani, yanada koʻproq gunoh qilishlariga qoʻyib berib, Alloh ularga muhlat berdi hamda kuch-quvvat va keng rizq, mol-davlat ato etdi. Xoʻsh, endi haqni yolgʻonga chiqargan bu badbaxtlar Allohning makri va maxfiy tadbiridan xotirjam boʻlib qoldilarmi? Allohning makridan faqat oʻzini oʻzi halokat chohiga otadigan betavfiqlargina xotirjam boʻladilar. Alloh tavfiq berib qoʻyganlar esa U Zotning makridan qoʻrqib, bergan nematlariga aldanib qolmaydilar. Oʻzlariga koʻrsatilayotgan fazlu marhamatning nechogʻli buyukligini anglab, oʻshanga yarasha shukr qiladilar.