Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 100 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 100 • Oʻzbekcha


أَوَلَمْ يَهْدِ لِلَّذِينَ يَرِثُونَ الْأَرْضَ مِنْ بَعْدِ أَهْلِهَا أَنْ لَوْ نَشَاءُ أَصَبْنَاهُمْ بِذُنُوبِهِمْ ۚ وَنَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ 100
Tarjima:
Yerga uning ahlidan keyin merosxo`r bo`lganlarga, agar xohlasak, gunohlari tufayli ularga musiybat yetkazishimiz va qalblariga muhr bosib, eshitmaydigan qilib qo`yishimiz ayon bo`lmadimi?! A'rof 7:100
Tafsir:
Oʻzlaridan oldingilar halokatga uchraganlaridan keyin ularning oʻrniga qolgan kimsalar salaflarining ahvoli nima kechganidan ibrat olmasdan yana boyagidek gunohlar qilib yuraveradilarmi? Alloh istasa, gunohlari tufayli ularga azob yuborishi mumkinligini bilmaydilarmi? Shunday qilish Allohning qonuniyati ekanidan bexabarmilar? Agar istasa, ularning qalblarini muhrlab qoʻyishi va natijada ularga hech qanday nasihat kor qilmay qolishi ham mumkin-ku!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 99 Keyingi A'rof • Oyat 101