U, osmonlar, yer va ularning orasidagi barcha narsalarning Robbi, Rohmandir. Uning huzurida hech kim xitob qilishga qodir bo`lmas. An-Naba 78:37 ⧉
Tafsir:
U Osmonlaru yerning va ular orasidagi barcha narsalarning Parvardigori, dunyo va oxirat Rahmonidir. Osmonlaru yerdagilarning hech biri U Zotdan biron narsa soʻrashga jurat eta olmaslar. Faqat Oʻzi izn bergan kishilargina bundan mustasnodir.