O`sha kunda Ruh va farishtalar saf bo`lib turar. Rohman izn berganlar va to`g`ri so`zlaganlardan o`zgalar hech gapira olmaslar. An-Naba 78:38 ⧉
Tafsir:
U shunday kunki, Jabroil va farishtalar saf tortib turadilar. Biron kimsaning shafoati haqida soʻz ocha olmaslar. Faqatgina Rahmon shafoat qilishga ruxsat bergan kishilar bundan mustasnodir. Ular tavhid kalimasidek roʻy-rost soʻzlaydilar.