O`shanda U sizni O`zidan omonlik qilib, mudroq ila o`ragan edi va sizni poklash, sizdan shaytonning vasvasasini ketkazish hamda qalblaringizni bog`lash va qadamlaringizni sobit qilish uchun ustingizga osmondan suv tushirgan edi. Anfol 8:11 ⧉
Tafsir:
Ey moʻminlar, eslangiz! Alloh sizlarga uyquni berdi. Shu bilan dushmandan qoʻrqish zahmati daf boʻldi. Osmondan yomgʻir yogʻdirdi. Shu bilan sizlar poklandingiz, shayton vasvasalaridan forigʻ boʻldingiz. Dushmanga qarshi qalblaringiz ham, badanlaringiz ham barqarorlashdi. Qumli yerlar namlanib, qadam bosishingiz qulaylashdi.