Alloh u(madad)ni bashorat va qalblaringiz u bilan xotirjam bo`lishi uchungina qildi. o`alaba esa, faqat Allohning huzuridadir. Albatta, Alloh g`olib va hikmatli Zotdir. Al-Anfal 8:10 ⧉
Tafsir:
Ey moʻminlar, sizlar Allohning yordamchingiz ekanidan quvonishingiz va gʻalaba kelishiga aniq ishonib, koʻnglingiz xotirjam boʻlishi uchun U Zot sizlarga farishtalar bilan madad berdi. Gʻalaba odam sonining koʻpligi yoki qurol-aslahalar va tayyorgarlikning puxtaligi bilan emas, har qanday nuqsondan pok Alloh tarafidan boʻladi. Alloh Oʻz mulkida Azizdir, Gʻolibdir, hech kimsa U Zotdan gʻolib boʻla olmas. Alloh Oʻz shariati va qadarida har bir ishni hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.