Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Anfol — Oyat 39 (Oʻzbekcha) — Video

Anfol • Oyat 75 dan 39 • Oʻzbekcha


وَقَاتِلُوهُمْ حَتَّىٰ لَا تَكُونَ فِتْنَةٌ وَيَكُونَ الدِّينُ كُلُّهُ لِلَّهِ ۚ فَإِنِ انْتَهَوْا فَإِنَّ اللَّهَ بِمَا يَعْمَلُونَ بَصِيرٌ 39
Tarjima:
Va ular bilan to fitna bo`lmaguncha va dinning hammasi Allohga bo`lguncha urush qiling. Agar to`xtasalar, bas, Alloh, albatta, nima qilayotganlarini ko`rib turguvchi Zotdir. Anfol 8:39
Tafsir:
Ey moʻminlar, to shirk keltirish va musulmonlarni Allohning dinidan toʻsish kabi biron fitna qolmay, sheriksiz yolgʻiz Allohgagina boʻysunish va toat qilish yuzaga chiqquniga qadar kofir dushmanlaringiz bilan jang qilingiz. Kofirlar shirk keltirish va Allohning yoʻlidan toʻsish kabi jinoyatlaridan tiyilsalar, ularni tek qoʻyinglar. Zero, Alloh ularning qilayotgan ishlarini koʻrib-bilib turibdi. Allohdan hech narsa yashirin boʻla olmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Anfol • Oyat 38 Keyingi Anfol • Oyat 40