Agar ular tinchlikka moyil bo`lsalar, sen ham moyil bo`l. Va Allohga tavakkul qil. Albatta, U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir. Al-Anfal 8:61 ⧉
Tafsir:
Agar ular jangni toʻxtatib, sulh qilishga moyil boʻlsalar, siz ham moyil boʻlavering. Allohga suyaning va ishoning. U Zot sizni hech qachon yolgʻiz tashlab qoʻymaydi. Alloh ularning gaplarini eshitib, niyatlari va amallarini koʻrib-bilib turguvchi Zotdir.