Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Anfal — Oyat 60 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Anfal • Oyat 75 dan 60 • Oʻzbekcha


وَأَعِدُّوا لَهُمْ مَا اسْتَطَعْتُمْ مِنْ قُوَّةٍ وَمِنْ رِبَاطِ الْخَيْلِ تُرْهِبُونَ بِهِ عَدُوَّ اللَّهِ وَعَدُوَّكُمْ وَآخَرِينَ مِنْ دُونِهِمْ لَا تَعْلَمُونَهُمُ اللَّهُ يَعْلَمُهُمْ ۚ وَمَا تُنْفِقُوا مِنْ شَيْءٍ فِي سَبِيلِ اللَّهِ يُوَفَّ إِلَيْكُمْ وَأَنْتُمْ لَا تُظْلَمُونَ 60
Tarjima:
Ular uchun qo`lingizdan kelganicha kuch-quvvat va egarlangan otlarni tayyorlab qo`yingizki, bu bilan Allohning dushmanini, o`z dushmaningizni va ulardan boshqa o`zingiz bilmaydiganlarni qo`rqitasiz. Ularni Alloh biladir. Alloh yo`lida nimani sarf qilsangiz, sizga to`liq qaytarilur. Sizga zulm qilinmas. Al-Anfal 8:60
Tafsir:
Ey moʻminlar, ularga qarshi imkoningiz boricha qurol-aslaha va otlarni tayyorlab qoʻying. Shu bilan sizlarga qarshi tish qayrayotgan kofirlarni ham, oʻzlaringiz bilmaydigan, faqat Alloh biladigan boshqalarni ham qoʻrquvga solasiz. Alloh ularning dillaridagi yashirin sirlaridan ham xabardordir. Ozdir, koʻpdir, Alloh yoʻlida nimani sarflasangiz, oxiratda Alloh uning savobini kamaytirmasdan, toʻla qilib beradi. Shunday ekan, Alloh yoʻlida infoq-ehson qilishga shoshilingiz.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Anfal • Oyat 59 Keyingi Al-Anfal • Oyat 61