Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Anfal — Oyat 66 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Anfal • Oyat 75 dan 66 • Oʻzbekcha


الْآنَ خَفَّفَ اللَّهُ عَنْكُمْ وَعَلِمَ أَنَّ فِيكُمْ ضَعْفًا ۚ فَإِنْ يَكُنْ مِنْكُمْ مِائَةٌ صَابِرَةٌ يَغْلِبُوا مِائَتَيْنِ ۚ وَإِنْ يَكُنْ مِنْكُمْ أَلْفٌ يَغْلِبُوا أَلْفَيْنِ بِإِذْنِ اللَّهِ ۗ وَاللَّهُ مَعَ الصَّابِرِينَ 66
Tarjima:
Endi, Alloh sizlardan yengillashtirdi, sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, agar sizdan yuzta sabrli bo`lsa, ikki yuztani yengadi. Agar sizdan mingta bo`lsa, Allohning izni ila ikki mingtani yengadi. Alloh sabrlilar bilandir. Al-Anfal 8:66
Tafsir:
Ey moʻminlar, mana endi Alloh sizning zaifligingizni bilib, ishingizni yengillatdi. Endi sizlardan biringiz oʻn emas, ikki kofirga qarshi kurashsa, bas. Sizlardan yuzta sabrlilaringiz Allohning izni ila ikki yuzta kofirdan, mingta sabrlilaringiz esa ikki mingta kofirdan gʻolib boʻlursiz. Alloh sabrli moʻminlar bilan birgadir. Ularni qoʻllab-quvvatlab turar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Anfal • Oyat 65 Keyingi Al-Anfal • Oyat 67