Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Anfal — Oyat 65 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Anfal • Oyat 75 dan 65 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا النَّبِيُّ حَرِّضِ الْمُؤْمِنِينَ عَلَى الْقِتَالِ ۚ إِنْ يَكُنْ مِنْكُمْ عِشْرُونَ صَابِرُونَ يَغْلِبُوا مِائَتَيْنِ ۚ وَإِنْ يَكُنْ مِنْكُمْ مِائَةٌ يَغْلِبُوا أَلْفًا مِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَا يَفْقَهُونَ 65
Tarjima:
Ey Nabiy, mo`minlarni jangga chorla! Agar sizdan yigirmata sabrli bo`lsa, ikki yuztani yengadi. Agar sizdan yuzta bo`lsa, kufr keltirganlardan mingtasini yengadi. Bu, ular tushunmaydigan qavm bo`lganlaridandir. Al-Anfal 8:65
Tafsir:
Ey Paygʻambar, moʻminlarni jangga chorlang, qiziqtiring. Toki, qarorlari qatiylashsin, oliyhimmat boʻlishsin. Ey moʻminlar, agar sizlar yigirmata sabrli jangchi boʻlsangiz, ikki yuzta kofirdan, yuz nafar boʻlsangiz, mingta kofirdan gʻolib boʻla olursiz. Chunki kofirlar Allohning Oʻz doʻstlarini qoʻllab-quvvatlab turishi haqidagi qonuniyatini tushunmaydilar, anglamaydilar. Ular jangdan koʻzlanayotgan maqsadni ham idrok etmaydilar. Ular shu dunyoda ustun boʻlish uchungina kurashadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Anfal • Oyat 64 Keyingi Al-Anfal • Oyat 66